Демонстрационный сайт » Хабарлар » Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi

Telegramda Bizga Qo'shiling | Yangiliklar, Kino, Mp3, Qiziqarli Videolar @qiziqarliuzoffical


Qirg‘izistonda yanvar oyida 9 kishi “Seftriakson” tufayli anafilaktik shokga (allergik reaksiya) uchradi, ulardan biri vafot etdi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “AKIpress” xabar berdi.

Allergik reaksiyalar Hindiston, O‘zbekiston, Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiyaning “Seftriakson” preparatiga nisbatan kuzatilgan. Beshta holatda uyga tashrif buyurgan hamshira bemorni anamnez tekshiruvi, tibbiyot xodimlar ko‘rikigidan o‘tkazmay preparatni qo‘llagani aniqlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, anafilaktik shok ko‘payishi tendensiyasi mavjud bo‘lib, bu antibakterial preparatlarni nazoratsiz qabul qilish natijasida kelib chiqadi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi parenteral yuborish qat’iy shifokor nazorati ostida va faqat sog‘liqni saqlash tashkilotlarining davolash xonalarida amalga oshirilishi kerakligini ma’lum qiladi

Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan bemorlarga antibiotik tabletkalarini olish tavsiya etiladi.

“Anafilaktik shok ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalarning yuqori chastotasiga e’tibor qaratish lozim. Antibakterial preparatlar qat’iy ravishda retsept asosida berilishi kerak. Dori-darmonlar departamenti har qanday shubhali yon ta’sir haqida xabar berishni so‘raydi”, — deyiladi Qirg‘iziston SSV bayonotida.

Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив