Liverpul" "PSJ"ga Salohning narxini ma’lum qildi

Telegramda Bizga Qo'shiling | Yangiliklar, Kino, Mp3, Qiziqarli Videolar @qiziqarliuzoffical
Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh "PSJ"ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaning xabariga ko‘ra, fransuz klubi kelasi yozda futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mersisaydliklar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin, lekin kamida 80 million yevro evaziga.
30 yoshli Saloh joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Комментарии (0)